Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim maktabi vakant lavozimlari

Maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatiga ega bo‘lishi hamda vakant direktorlik lavozimi uchun vazirlikning «manager.uzedu.uz» saytiga hujjatlarini topshirishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Direktorlar Kengashi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori vakant lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarning lavozim talablariga mosligini o‘rganadi hamda lavozim talablariga mos keladigan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi.

Maktab direktorlarini lavozimga tayinlash Direktorlar Kengashi tomonidan o‘tkazilgan suhbat yakuni bo‘yicha tegishli tavsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tayinlanadi.

Direktorlikka nomzod bo‘lsangiz quyidagi vakant direktor lavozimiga 2026-yil 8-avgust sanasidan 10-avgust sanasigacha hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.
Amudaryo tumani 54-, 69-sonli maktablar;
Bo‘zatov tumani 1-,12-sonli maktablar;
Qo‘ng‘irot tumani 13-, 17-, 51-, 56-sonli maktablar;
Mo‘ynoq tumani 3-, 6-, 14-, 18-sonli maktablar;
Taxiatosh tumani 19-sonli maktab;
Taxtako‘pir tumani 23-sonli maktab;
To‘rtko‘l tumani 45-, 48-, 61-sonli maktablar;
Xo‘jayli tumani 16-, 37-, 38-sonli maktablar;
Chimboy tumani 2-sonli maktab;
Shumanay tumani 4-, 26-, 29-sonli maktablar;
Ellikqal’a tumani 32-sonli maktab;