🏫 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini yagona mezonlar asosida baholashga mo‘ljallangan maxsus platforma ishlab chiqilmoqda.

📊 Platforma orqali maktablarning tayyorgarlik holati aniq ko‘rsatkichlar asosida baholanadi.

🔎 Jumladan:
▪️ maktabning tashqi ko‘rinishi va hududining obodonlashtirilishi;
▪️ foyye va yo‘laklarning bezatilishi;
▪️ sinfxonalarning tayyorgarlik holati;
▪️ sport zali va faollar zali holati;
▪️ kutubxona va raqamli kutubxona faoliyati;
▪️ sanitariya xonalari holati;
▪️ 1-sinfga qabul rejasining bajarilishi;
▪️ Prezident sovg‘alarining yetkazib berilishi;
▪️ 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga jalb etish;
▪️ to‘lovli to‘garaklarni tashkil etish;
▪️ «e-maktab.uz» platformasida o‘quvchilarni sinfdan sinfga ko‘chirish;
▪️ 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarni elektron tizimda shakllantirish;
▪️ dars vaqtida telefondan foydalanishni cheklash va boshqa muhim mezonlar.

📈 Har bir ko‘rsatkich belgilangan ball asosida baholanib, yakunda maktabning umumiy tayyorgarlik darajasi aniqlanadi.

🟢 86–100 foiz — TAYYOR
🟡 71–85 foiz — QISMAN TAYYOR
🔴 70 foizdan past — TAYYOR EMAS

🤝 Ochiqlik va shaffoflik — asosiy tamoyil.

Yangi platforma ta’lim muassasalarining tayyorgarlik holatini subyektiv baholashdan xoli tarzda, aniq mezonlar, ball va foiz ko‘rsatkichlari asosida baholash imkonini beradi.

📲 Platforma va uning ishlash tartibi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar yaqin kunlarda taqdim etiladi.