2026–2027-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar bilimini baholashning yangi tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 23-iyuldagi 266-sonli buyrug‘i bilan yangi baholash tizimini samarali joriy etish maqsadida maktab rahbarlari va pedagog xodimlari uchun o‘quv-treninglarni tashkil etish va o‘tkazish jadvali tasdiqlangan.
Shu asosda 13-avgust kuni Nukus shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Nukus filialida o‘quv-treninglar tashkil etildi.
Treninglar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining mas’ul mutaxassislari, e-Maktab platformasi, shuningdek, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari tomonidan olib borildi.
O‘quv-treninglarda:
➖ yangi baholash tizimi joriy etiladigan maktablarning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va tajribali o‘qituvchilari;
➖ tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining tegishli bosh metodistlari — jami 240 nafar pedagog ishtirok etdi.
Qoraqalpog‘istonda yangi baholash tizimi: raqamlarda
2025–2026-o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar bilimini baholashning yangi tartibi 156 ta umumta’lim maktabida joriy etildi. Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablar soni 234 taga (31,8%) yetkazildi.
2025–2026-o‘quv yilining 1–4-chorak yakunlari bo‘yicha:
– 231 ta maktabda — onlayn;
– 3 ta maktabda — oflayn markazlashgan holda choraklik summativ baholash (CHSB) o‘tkazildi.
1–4-choraklar davomida 234 ta maktabning 5–11-sinf o‘quvchilari baholanib, umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etdi.
2026–2027-o‘quv yilida esa yana 116 ta umumta’lim maktabida baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilgan.
Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘quvchilar bilimini baholashning yangi tizimi joriy etilgan maktablar soni 350 taga (47,6%) yetkaziladi.

















