Umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari o‘rtasida «Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi» tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichlari qizg‘in davom etmoqda. Tanlovdan asosiy maqsad o‘quvchilar qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, barkamol avlod tarbiyasida yetakchilik ko‘rsatayotgan ijodkor pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, ularning namunali kasbiy faoliyatini keng yoyish va munosib rag‘batlantirishdan iborat. ➖ Eng faol va tajribali direktor o‘rinbosarlari o‘zlarining yaxshi loyihalari bilan ishtirok etmoqda.
















