O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari Farhod Boqiyev rahbarligida «Kelajak» markazlari faoliyati samaradorligiga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Zoom platformasi orqali tashkil etilgan muloqotda «Kelajak» markazi direktori va o‘rinbosarlari, Respublika sport majmuasi rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar «Kelajak» markazlari va Bolalar kutubxonalari direktorlari, Bolalar turistik bazasi, tuman (shahar) «Kelajak» markazlari direktorlari ishtirok etdi.
Muloqot davomida:
➖ to‘garaklarning zamonaviy o‘quv dasturlari bilan ta’minlanganligi;
➖ o‘quvchilar qamrab olinishi;
➖ maktab maslahatchilari faoliyati;
➖ turistik bazalardan samarali foydalanish;
➖ sport va bolalar kutubxonalari faoliyati muhokama qilindi.
Shuningdek, hududiy «Kelajak» markazlari rahbarlarining hisobotlari tinglanib, mavjud muammolar va istiqboldagi vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilandi.
Ochiq muloqot davomida vazir o‘rinbosari «Kelajak» markazlaridagi to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, darslar mazmuni va to‘garaklar samaradorligiga alohida e’tibor qaratdi.

















