BAYRAM ARAFASIDA YANGI MAKTAB FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yilligi bayrami arafasida Chimboy tumani Do‘stlik MFY hududidagi 47-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi foydalanishga topshirildi.
Mazkur ta’lim markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-454-sonli qarori asosida 330 o‘ringa mo‘ljallangan. Qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 13 mlrd 450 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Zamonaviy va barcha zarur sharoitlarga ega bo‘lgan yangi maktabda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va pedagoglar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratildi.

















