Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahridagi 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyor emasligi haqida xabar va suratlar e’lon qilindi.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlar 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari olib borilgan o‘tgan yilgi davrga oid suratlar ekanligi aniqlandi.

Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur ma’lumotlar joriy o‘quv yilidagi holatni aks ettirmasligini ma’lum qilamiz.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini doimiy nazorat qilib boradi.

QR Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Axborot xizmati