Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq chalindi
Bugun yurtimiz bo‘ylab barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining boshlanishi – Bilimlar kuni ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
Maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilarimiz uchun bugun chinakam unutilmas bayramga aylandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 38 915 bola 1-sinfga qabul qilindi. Ularning barchasiga 12 nomdagi Prezident sovg‘alari topshirildi.
Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilarimiz va ustozlarimiz uchun katta muvaffaqiyatlar, yuqori natijalar va yangi bilimlarga boy bo‘lishini tilab qolamiz!

















