Bugun yoshlarning bilim va tafakkurini rivojlantirish, ularni ilm-fan, kitobxonlik va ma’rifatga yo‘naltirish barqaror taraqqiyotning muhim shartlaridan biridir.
Shu maqsadda «Yuksalish» harakati tomonidan yo‘lga qo‘yilgan «Ziyoli kelajak» loyihasi doirasida Qoraqalpog‘istonda ham bir qator ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.
Navbatdagi tashabbus Nukus tumanidagi «Oqterak» MFY hududida joylashgan 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirildi. Loyiha doirasida maktabning 2 o‘quv sinfida ta’mirlash ishlari olib borilib, xonalarning pollari yangidan qoqib berildi.
Bu xayrli ish «BIOGUMIS» fermer xo‘jaligi boshlig‘i Sh.Niyozimbetovning moliyaviy yordami bilan amalga oshirildi.
Ta’lim sifati nafaqat dars jarayoni, balki o‘quvchilar uchun yaratilgan qulay, xavfsiz va shinam muhit bilan ham chambarchas bog‘liq.
Yangilangan sinfxonalar o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi, darslarga qiziqish bilan qatnashishi va o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun yanada munosib sharoit yaratadi.
Bunday hamjihatlikka asoslangan ezgu ishlar – yosh avlod uchun munosib sharoit yaratish, ularning kelajagiga sarmoya kiritishning yorqin namunasidir.

















