RASMIY MUNOSABAT
1-sinf o‘quvchilarini elektron bazaga ro‘yxatga olish masalasi yuzasidan
«Antikorrupsiya» ijtimoiy tarmog‘ida Ellikqal’a tumaniga boshqa hududlardan ko‘chib kelgan 1-sinf o‘quvchilarini yagona elektron bazaga ro‘yxatga olishda muammolar yuzaga kelayotgani va bu ayrim shubhalarni keltirib chiqarayotgani haqida xabar e’lon qilindi.
Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
erp.maktab.uz elektron platformasida 1-sinf o‘quvchilarini maktabdan maktabga ko‘chirish yoki yangidan bazaga kiritish funksiyalarining vaqtincha cheklangani vazirlik tizimidagi umumiy texnik yangilanish va sozlash ishlari bilan bog‘liq. Ushbu holat faqat Ellikqal’a tumani yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasiga taalluqli cheklov emas.
Elektron bazadagi ayrim funksiyalarning vaqtincha ishlamayotganini sinflarni ochmaslik yoki budjet mablag‘larini tejash maqsadi bilan bog‘lash asossiz.
Davlatimiz tomonidan ta’lim sohasiga, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Konstitutsiyamizga muvofiq, har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim olish huquqi kafolatlangan. Hech bir o‘quvchi ta’lim olish huquqidan mahrum etilmaydi, maktabda tahsil olayotgan barcha bolalarning hisobi to‘liq yuritiladi.
Mazkur texnik muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.
Qaraqalpaqstan Respublikası Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriwi Ministrliginiń Málimleme xızmeti
















