RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda shu yilning 25-sentyabr kuni Nukus shahridagi 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida maktab rahbarlari tomonidan 10-15 sinflar yopilishi bo‘yicha xabarlar tarqalgan.
Ushbu holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida haqiqatdan ham ayrim sinflarning o‘quvchi soni kamligi sababli yopilayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda ro‘yxatdan o‘tgan 3271-sonli qaroriga asosan, 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ma’muriyati tomonidan komplektlash ishlari olib borilganligi, hamda 3271-sonli qaroriga asosan qonun buzilishi holatiga yo‘l qo‘yilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Ota-onalarning farzandlari o‘sha maktabdagi sinflarga to‘liq joylashtirilganligini hamda boshqa umumiy o‘rta ta’lim maktablariga ko‘chib o‘tmaganligini ma’lum qilib bildiramiz.
















