Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahridagi 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yili uchun birinchi sinflarni shakllantirish, xususan, rus tilida ta’lim beriladigan sinflar soni bo‘yicha berilgan ma’lumotlar bilan amaldagi holat o‘rtasida tafovut mavjudligi yuzasidan murojaat va e’tirozlar bildirilgan.
Mazkur holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olinib, hozirda tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish jarayonida maktab mikrohududidagi o‘quvchilar soni, rus tilida ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyoj hamda sinflarni shakllantirish bilan bog‘liq holatlar batafsil ko‘rib chiqiladi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
















