Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Xo‘jayli tumani 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5 nafar o‘qituvchisi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani bo‘yicha turli fikrlar bildirilmoqda.

Bu holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

2026 yil 15 sentyabr kuni soat 15:30 lar atrofida maktabning 5 nafar pedagog xodimi o‘quvchilarning holidan xabar olish, oilaviy sharoitini o‘rganish, davomatini nazorat qilish va ularning o‘qishdan chetda qolishining oldini olish maqsadida xonadonlarga borgan.

Maktabga qaytish vaqtida pedagoglar Damas rusumli avtotransport vositasida harakatlanayotganda haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida transport vositasi yo‘l chetiga chiqib ketgan.

O‘rganishlar davomida hodisa oqibatida pedagog xodimlarning hech biri tan jarohati olmagani, shifoxonaga murojaat qilinmagani va avtotransport vositasiga moddiy zarar yetkazilmagani aniqlandi.

Shuningdek, hodisa oqibatida tan jarohati yoki moddiy zarar ko‘rilmaganligi sababli bu holat bo‘yicha tuman Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilinmagan.

Hozirgi vaqtda pedagog xodimlarning barchasining sog‘lig‘i yaxshi bo‘lib, o‘z ish joyida vazifalarini bajarmoqda.