Qoraqalpog‘istonlik pedagoglar Finlyandiyada xalqaro seminarda ishtirok etdi
Finlyandiyaning Helsinki shahrida «O‘zbekistonda Finlyandiya ilhomlantirgan ta’lim tizimini rivojlantirish» (FIESDU) loyihasi doirasida o‘tkazilgan seminarda O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etib qaytdi.
Mazkur seminarda Beruniy tumani 44-sonli maktab direktori Nargiza Nurumbetova va To‘rtko‘l tumani 3-sonli maktab o‘qituvchisi O‘g‘iljon Qo‘shqorov delegatsiya tarkibida faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida ta’lim sifatini baholash, pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi, ta’limda boshqaruv, inklyuziv ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

















