Yoshlar uchun startap va innovatsiyalar bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
Nukus shahar hokimligi majlislar zalida yoshlarning “StartupBase” platformasidan foydalanishini ommalashtirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda umumta’lim maktablaridagi direktor maslahatchilari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi mutaxassislar hamda startap va innovatsiyalarga qiziquvchi o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Seminar davomida:
– “StartupBase” platformasining imkoniyatlari va undan foydalanish tartibi;
– yoshlarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;
– innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish;
– raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va zamonaviy IT yo‘nalishlariga yoshlarni keng jalb etish masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish va ularni startap ekotizimiga faol jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar-treningning asosiy maqsadi — yoshlarning startap ekotizimidagi ishtirokini kengaytirish, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda “StartupBase” platformasidan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

















