O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining «Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktabgacha ta’limning boshqa muqobil shakllarini o‘quv-metodik vositalar, didaktik qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi maxsus buyrug‘i asosida Nukus shahri maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 53-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan seminar-trening o‘tkazildi. Seminarda Nukus shahridagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodistlari ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilariga yetkazib berilgan 49- atamadagi didaktik materiallar haqida batafsil tushuncha berildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida didaktik materiallar bolalar yoshiga mos guruhlarga taqsimlanmoqda. Shuningdek, tadbir fikr almashuvlar va savol-javoblar bilan yakunlandi.