Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish sektori mutaxassislari hamda Qo‘ng‘irot tumani hududidagi maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ochiq muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 2 iyuldagi PF-98-son hamda 2024 yil 30 sentyabrdagi PF-152-son Farmonlari mazmun-mohiyati, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 426-son qarorida belgilangan talablar ijrosi yuzasidan aytib o‘tildi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli mutaxassislardan ijobiy javoblar oldi.