RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlar orqali «Ellikqal’a tumanida maktablar orasida o‘tkazilgan olimpiadaning qoraqalpoq tili bo‘yicha bellashuvida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilganligi haqida ma’lumotlar tarqalgan. Tarqalgan ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish natijasida ushbu xolat bo‘yicha 9- va 11-sinf o‘quvchilari orasida Qoraqalpoq tili fani bo‘yicha o‘tkazilgan fan olimpiada natijalarini aniqlashda hakamlar va auditoriya kuzatuvchilari tomonidan chalkashlikka yo‘l qo‘yilgan bu xolatni bartaraf qilish maqsadida mazkur sinflardagi o‘quvchilarning javob varaqalari to‘liq qayta ko‘rib chiqilmoqda. Ma’lumot uchun olimpiadada shaffoflikni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan https://t.me/+Y1QKpgnnDzAxOTEy telegram kanalida o‘quvchilarning ko‘z o‘ngida, hakamlar tekshirimasdan oldin rasmga olingan javob varaqalari va titul varaqalari «Ellikqal’a olimpiada 2024» telegram guruhiga tashlangan. Shu fotolar orqali barcha natijalar qayta ko‘rib chiqilganini ma’lum qilamiz.