🔹 Oʻquvchilarimizning joriy yilda xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda, jumladan:

➖ Tailandning Bangkok shahrida oʻtkazilgan 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 5 ta (3 ta kumush va 2 ta bronza);

➖ Qozogʻistonning Olmaota shahrida oʻtkazilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida 14 ta (2 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza);

➖ Rossiyaning Adigeya shahrida oʻtkazilgan 9-Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 4 ta (1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza);

➖ Xitoyning Shenjen shahrida oʻtkazilgan 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 5 ta (1 ta kumush va 4 ta bronza);

➖ Bolgariyaning Varna shahrida oʻtkazilgan 41-Bolqon Matematika olimpiadasida 5 ta (2 ta kumush va 3 ta bronza);

➖ Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtkazilgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi (APIO)da 1 ta bronza;

➖ Braziliyada oʻtkazilgan (onlayn) Osiyo-Tinch okeani mintaqasi matematika olimpiadasi (APMO)da 7 ta bronza;

➖ Buxoro shahrida oʻtkazilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasida 12 ta (3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza);

➖ Turkiyaning Antaliya shahrida oʻtkazilgan 28-Oʻsmirlar oʻrtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi (JBMO)da 6 ta (3 ta kumush va 3 ta bronza);

➖ Hindistonda oʻtkazilgan Xalqaro matematika musobaqasi (IMC)da 18 ta (3 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza);

➖ Germaniyada oʻtkazilgan Xalqaro nemis tili olimpiadasida 1 ta oltin;

➖ Xitoyda oʻtkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida 1 ta bronza;

➖ Eronda oʻtkazilgan Yevropa qizlar xalqaro IT olimpiadasi (EGOI)da 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.