Ta’lim muassasalarida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish natijalarini tahlil qilish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Qo‘mita raisi M.Atamuratov, Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari B.Utemuratov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri G.Kojabayeva, soha vakillari, barcha ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda, asosan, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati, bolalarni bog‘chalarga qamrab olish ko‘rsatkichlari, ta’lim maskanlarida sanitariya talablari ijrosi, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, o‘quvchi va o‘qituvchilarning bilim darajasini oshirish, oliygohlarga kirish ko‘rsatkichlari va boshqa masalalar tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilib, yangi imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Yig‘ilishda shunday sharoit yaratilganiga qaramay, o‘z faoliyatiga loqaydlik bilan qarayotgan ayrim ta’lim muassasalari rahbarlari borligi va ularning ishlari tanqid qilindi. Yig‘ilish davomida 2025 yil davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi.