Bugun Nukus shahridagi 8-umumta’lim maktabida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan «Yangi baholash tizimining dolzarb vazifalari» mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri G.Kojabayeva, yangi baholash tizimi joriy etilgan 78 ta umumta’lim maktabi direktorlari hamda Nukus shahridagi yangi baholash joriy etilgan maktablarning ota-onalar qo‘mitasi a’zolari ishtirok etdi.
Vazir G.Kojabayeva so‘zga chiqib, yangi baholash tizimining muhim vazifalari, amaldagi baholash bilan hozirgi yangi baholashning farqi haqida seminar ishtirokchilariga keng ma’lumot berildi.
Ushbu baholash tizimini Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quv dasturlarini umumta’lim maktablariga joriy etish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.
Shu bilan birga, Nukus shahridagi 8-sonli maktabda yangi baholash tizimini amaliyotga joriy etishda o‘tgan va joriy o‘quv yillarida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirildi.