Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari M.Shlimbetova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi jamoasi, tinglovchilar ishtirok etdi.
Bayram tadbirini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori V.Bekmuratova ochib berdi va ishtirokchilarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabrikladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 iyundagi «Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 231-son va Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 20 dekabrdagi «Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida»gi 867-son qarorlarining mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berdi.

Qarorga asosan malaka oshirish tizimiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:

– 2025 yil yanvardan boshlab har besh yilda bir marta (100 soatlik o‘quv dasturi, 1 oy davomida) ishdan ajralgan holda (offlayn) o‘tkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy etiladi;

– malaka oshirish kurslarida ta’lim oluvchilar bilimini baholash jarayonlarining pedagog kadrlarga malaka toifasini berish va ularni kasbiy sertifikatlash tizimlari bilan uzviyligi ta’minlanadi.