O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 6 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2025 yilning 1 fevral kunidan 1 mart kunlari oralig‘ida «Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish» oyligi etib belgilandi.
Shu munosabat bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining majlislar zalida, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida va Nukus shahar 8-sonli umumta’lim maktabida «Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixatrop moddalar tarqalishining oldini olish» oyligi munosabati bilan tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixatrop moddalar tarqalishining oldini olish, bu illatning inson salomatligi va jamiyatga yetkazadigan zararli ta’siri bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
O‘quvchi yoshlarni yot g‘oyalardan himoya qilish, ularning huquqiy bilimlarini oshirish va jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixatrop moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlar Respublikamizning barcha ta’lim muassasalari bo‘ylab davom etadi.