Kun tartibi masalasi bo‘yicha Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan ishlar haqida Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini muvofiqlashtirish sektori boshlig‘i Z.Yerejepova o‘z ma’ruzasini qildi.
O‘tkazilgan tadbir davomida asosan:

– umumiy o‘rta ta’lim maktablarining chet tili o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi;
– o‘qituvchilarning malaka toifasiga ega bo‘lishi;
– ta’lim sifati yuqori bo‘lmagan maktablar;
– ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimini umumiy o‘rta ta’lim maktablariga joriy etish;
– 5 yildan buyon asosiy fan olimpiadasiga tuman (shahar) bosqichida sovrinli o‘rin olmagan maktablar;
– e-maktab platformasida olib borilayotgan ishlar;
– edo.ijro platformasiga kelib tushgan hujjatlarning ijrosi;
– maktab bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtlariga kirish ko‘rsatkichlari;
– vazirlik tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganilgan ishlar keng tahlil qilindi.