Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Ellikqal’a tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan gilam sotib olish uchun e’lon qilingan (https://etender.uzex.uz/lot/412817) tanlov bo‘yicha berilgan maqola yuzasidan quyilagilarni ma’lum qilamiz.
2025-yil 7-fevraldan 14-fevral kunlari oralig‘ida №25110012412817 lot orqali birja savdosiga eng yaxshi takliflarni tanlash yo‘li bilan gilam sotib olish uchun tanlov e’lon qilingan. E’lon bo‘yicha tanlovda «ELEKTRON SAWDO» va «BOSTAN MEGA STROY» MCHJlar ishtirok etgan. «ELEKTRON SAWDO» MCHJ tanlov g‘olibi deb topilgan. O‘tkazilgan tanlov natijalari bo‘yicha g‘olib bo‘lgan tashkilot bilan shartnoma tuzilmaganligini va tanlov bayonnomasi 2025-yil 19-fevral sanasiga qadar muhokamaga qo‘yilganligini ma’lum qilamiz.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Axborot xizmati