Bugun Nukus shahri 27-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yozgi sog‘lomlashtirish davrini samarali tashkil etish maqsadida seminar bo‘lib o‘tdi. ✔️ Tadbirda: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari M.Shlimbetova, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti bosh mutaxassisi A.Usmanov, Yetakchi mutaxassis Z.Atabaev, shuningdek, Nukus shahri oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari ishtirok etdi. Seminar davomida asosiy e’tibor: 🔹 Davlat va oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasida tajriba almashishga; 🔹 Yozgi sog‘lomlashtirish davrida rivojlantiruvchi muhitni yaratish; 🔹 Ish-rejalar asosida samarali faoliyat yuritish masalalariga qaratildi. 🔹 Shu bilan birga, 5 ta rivojlantiruvchi markaz yo‘nalishi bo‘yicha kunlik faoliyat mentor-trenerlar tomonidan tushuntirib berildi va amaliy ko‘rsatmalar berildi. ✔️ Ishtirokchilar 27-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, bolajonlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturini tomosha qildilar. Seminar doirasida muhim tajribalar va amaliy ko‘nikmalar bilan o‘rtoqlashildi. ❗️ Shuningdek, mazkur tadbir doirasida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida «Futbol – do‘stlik elchisi» mavzusida vazir kubogi o‘tkazildi. To‘liq ma’lumotni keyingi postda o‘qiysiz.👇 QR Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Axborot xizmati