Oʻzbekiston Respublikasi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, uning hududiy va tarkibiy boʻlinmalari hamda tizim tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish boʻyicha nizomga

3-ilova

 

Xodimlarning manfaatlar toʻqnashuvi deklaratsiyasi

NAMUNAVIY SHAKLI

 

Xodimning F.I.Sh (toʻliq)  
Tarkibiy boʻlinma nomi  

 

Tarkibiy boʻlinma rahbarining F.I.Sh (toʻliq)  
Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va kasbiy odob-axloq qoidalari hamda xizmat jarayonida manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish qoidasi bilan tanishdim (imzoladim).  
Toʻldirilgan sana  
Aniq yoki potensial manfaatlar toʻqnashuvi holatidan xabardor boʻlgan har bir xodim maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi manfaatlariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan operatsiyalar doirasida har qanday harakatlar, faoliyat yoki munosabatlar sodir etilishidan oldin bu haqda maʼlumotlarni oshkor qilishi shart.Xodim shaklni toʻldirayotganda maʼlumotlarni oshkor qilish paytida unga maʼlum boʻlgan barcha maʼlumotlarni taqdim etishi shart, maʼlumotlarning kechiktirilib, toʻliq boʻlmagan holda yoki notoʻgʻri oshkor etilishi intizomiy jazo choralarini qoʻllashga olib kelishi mumkinligini esda tutish lozim.
1 Agar sizning yaqin qarindoshlaringiz yoki aloqador shaxslar Tashkilotda ishlayotgan boʻlsa, ularning lavozimini va tarkibiy boʻlinmasini koʻrsating (agar ular ishlamasa, “yoʻq” deb yozing).
 

 

 

2 Agar siz, sizning yaqin qarindoshlaringiz yoki aloqador shaxslar tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida ishtirok etsa (yakka tartibdagi tadbirkorlar boʻlsa), sizning egallab turgan lavozimingiz manfaatlar toʻqnashuviga olib keladi deb oʻylaysizmi?

(agar ishtirok etsa ularni koʻrsating, ishtirok etmasa, “ishtirok etmaydi”, agar u manfaatlar toʻqnashuviga olib kelsa sababini koʻrsating, olib kelmasa, “olib kelmaydi” deb koʻrsating).

 

 

 

3 Agar siz, sizning yaqin qarindoshlaringiz yoki aloqador shaxslar nodavlat notijorat tashkilotlarini boshqarishda qatnashsa, sizning egallab turgan lavozimingiz manfaatlar toʻqnashuviga olib keladi deb oʻylaysizmi?

(agar ishtirok etsa ularni koʻrsating, ishtirok etmasa, “ishtirok etmaydi”, agar u manfaatlar toʻqnashuviga olib kelsa sababini koʻrsating, olib kelmasa, “olib kelmaydi” deb koʻrsating).

 

 

 

 

 

4 Sizning yaqin qarindoshlaringiz yoki aloqador shaxslar davlat idoralarida va tashkilotlarida ishlaydimi? Agar javob “ha” boʻlsa qaysi tashkilotligini, lavozimini koʻrsating.
 

 

 

 

 

 

5 Sizga Tashkilot xodimlari tomonidan uning etika va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga oid ichki hujjatlarini buzish yoki ehtimoliy buzish bilan bogʻliq holatlar maʼlummi?

(Izoh: “Ha” yoki “Yoʻq” javoblarini tanlang; agar javobingiz “Ha” boʻlsa, izohlar satrida bu haqida batafsil yozing)

 

 

 

6 Siz boshqa biron bir tashkilotning xodimi yoki rahbarimisiz? Iltimos javob berishda ushbu tashkilotlardan biron bir haq olish yoki olmasligingizni qayd eting.

(Izoh: «Ha» yoki «Yoʻq» javobini belgilang; agar sizning javobingiz «Ha» boʻlsa, «Sharhlar» maydonida barcha tegishli tashkilotlarning nomini va ulardagi lavozimlaringizni koʻrsating.) Ha/yoʻq Izohlar:

 

 

 

7 Siz biron bir tashkilotdan moliyaviy manfaatdormisiz (shu jumladan ustav kapitalida ishtirok etish, aksiyalar va obligatsiyalarga egalik qilish) yoki tashkilotning qarorlariga boshqa yoʻllar bilan taʼsir oʻtkaza olasizmi?

(Izoh: «Ha» yoki «Yoʻq» javobini belgilang; agar sizning javobingiz «Ha» boʻlsa, «Izohlar» maydonida barcha tegishli tashkilotlarning nomi va ulardagi manfaatlaringizni koʻrsatib oʻting.) Ha / yoʻq Izohlar:

 

 

 

8 Vazirlikning biznes sheriklari yoki kontragentlaridan qarz mablagʻlarini, kafolatlar va kafilliklarni olganmisiz (moliyaviy muassasalar tomonidan hamma uchun ochiq (yoki korporativ) shartlarda berilgan kreditlar va kafolatlar bundan mustasno)?

(Izoh: Agar sizning javobingiz «Ha» boʻlsa, «Sharhlar» maydoniga barcha tegishli tashkilotlarning nomini kiriting) Ha yoʻq Izohlar:

 

 

9 Sizning yaqin qarindoshlaringiz vazirlikda yoki uning tizim tashkilotlarida ishlashadimi?

(Izoh: Agar sizning javobingiz «Ha» boʻlsa, «Izohlar» maydonida qarindoshingizning ismini, uning aniq ish joyini koʻrsating) Ha/ yoʻq Izohlar:

 

 

10 Sizning yaqin qarindoshlaringiz vazirlikning biznes sheriklari yoki kontragentlarida ishlaydilarmi?

(Izoh: Agar sizning javobingiz «Ha» boʻlsa, «Izohlar» maydonida ushbu qarindoshingizning ismini, tashkilot nomini, lavozimini koʻrsating.) Ha / yoʻq Izohlar:

 

 

11 Vazirlikning biznes sheriklari yoki kontragentlarida yaqin qarindoshlaringizning moliyaviy manfaatlari bormi yoki yaqin qarindoshingiz bunday tashkilotlarning qarorlariga boshqacha taʻsir koʻrsata oladimi?

(Izoh: Agar javobingiz «Ha» boʻlsa, «Sharhlar» maydonida ushbu qarindosh ning ismini, tashkilot nomini, uning lavozimini koʻrsating.) Ha / yoʻq Izohlar:

 

 

12 Sizning yaqin qarindoshlaringiz Vazirlikning biznes sheriklari yoki kontragentlaridan qarz mablagʻlarini, kafolatlar va kafilliklarni olganmi (moliyaviy muassasalar tomonidan hamma uchun ochiq (yoki korporativ) shartlarda berilgan kreditlar va kafolatlar bundan mustasno)?

(Izoh: Agar sizning javobingiz «Ha» boʻlsa, «Sharhlar» maydoniga barcha tegishli tashkilotlarning nomini kiriting) Ha/ yoʻq

 

 

13 Sizning yaqin qarindoshingiz davlat amaldorimi, shu jumladan vazirlik faoliyati ustidan nazorat funksiyalarini amalga oshiradimi?

(Izoh: Agar sizning javobingiz «Ha» boʻlsa, «Sharhlar» maydonida bunday qarindoshning ismini, uning lavozimini va idora nomini koʻrsating.) Ha/ yoʻq Izohlar:

 

 

14 Shaxsiy moliyaviy manfaatingiz mavjud boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan vazirlik nomidan bitim tuzishda ishtirok etganmisiz (qaror qabul qiluvchi, shartnoma bajarilishiga javobgar, bajarilgan ishlarning qabul qilinishini tasdiqlovchi, toʻlov hujjatlarini rasmiylashtiruvchi yoki tasdiqlovchi va boshqalar)?

(Izoh: Agar sizning javobingiz «Ha» boʻlsa, «Sharhlar» maydonida tafsilotlarni yozing). Ha / yoʻq Izohlar:

 

 

15 Vazirlik bilan boshqa kompaniya yoki tashkilot oʻrtasidagi tijorat operatsiyalariga noqonuniy yoki axloqqa zid taʻsir sifatida talqin qilinishi mumkin boʻlgan pul yoki boshqa moddiy boyliklar, sovgʻalar olganmisiz yoki xizmatlardan foydalanganmisiz (masalan, bunday kompaniya yoki tashkilotdan vazirlik bilan bitim tuzishda yordam berilganligi uchun har qanday koʻrinishdagi naf)

(Izoh: Agar javobingiz «Ha» boʻlsa, «Sharhlar» maydonida tafsilotlarni yozing) Ha/yoʻq  Izohlar:

 

 

16 Vazirlik bilan boshqa davlat organi, kompaniya yoki tashkilot oʻrtasidagi munosabatlarga noqonuniy yoki axloqqa zid taʻsir sifatida talqin qilinishi mumkin boʻlgan toʻlovlarni amalga oshirganmisiz, toʻlovlarga ruxsat berganmisiz yoki bu toʻgʻrisida murojaat qilganmisiz?
 

 

17 Vazirlikdagi xizmat mavqeingizdan yoki vazirlikda ishlash jarayonida paydo boʻlgan biznes imkoniyatlardan shaxsiy manfaatlaringiz yoki yaqin qarindoshlaringiz manfaatlari yoʻlida foydalanganmisiz?

(Izoh: Agar javobingiz «Ha» boʻlsa, «Sharhlar» maydonida tafsilotlarni yozing) Ha yoq Izohlar:

 

 

18 Xizmat vazifalaringizni bajarish jarayonida Sizga maʼlum boʻlgan vazirlikka tegishli maxfiy maʻlumotlardan (shu jumladan rejalar, dasturlar, moliyaviy maʻlumotlar va boshqalar)  shaxsiy manfaatlaringiz uchun foydalanganmisiz yoki  maʼlumotlarni jismoniy shaxslarga, kompaniya yoki tashkilotlarga oshkor qilganmisiz?

(Izoh: Agar javobingiz «Ha» boʻlsa, «Sharhlar» maydonida tafsilotlarni yozing) Ha/yoʻq  Izohlar:

 

 

19 Vazirlikning Korrupsiyaga qarshi siyosati, odob-axloq qoidalari va manfaatlar toʻqnashuvini hal etish Tartibi bilan belgilangan tamoyillar va talablarga rioya qildingizmi?

(Izoh: Agar javobingiz «Ha» boʻlsa, «Sharhlar» maydonida tafsilotlarni yozing) Ha yoq Izohlar:

 

 

20 Vazirlikning odob-axloq qoidalari va korrupsiyaga qarshi ichki meʼyoriy hujjatlari talablari xodimlar tomonidan buzilganligi yoki taxminiy buzilishi holatlaridan xabaringiz bormi?

(Izoh: Agar javobingiz «Ha» boʻlsa, «Sharhlar» maydonida tafsilotlarni yozing) Ha / yoʻq Izohlar:

 

 

21 Siz va Vazirlik oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvini vujudga keltirishi mumkin boʻlgan boshqa oʻzaro taʻsirlar, munosabatlar, kelishuvlar, bitimlar yoki boshqa faktlar (yoki shubhalar) toʻgʻrisida maʼlumotga egamisiz?

(Izoh: Agar javobingiz «Ha» boʻlsa, «Sharhlar» maydonida tafsilotlarni yozing) Ha / yoʻq Izohlar: 

 

 

22 Lozim deb topsangiz qoʻshimcha maʼlumotlarni koʻrsating.
 

 

 

Ushbu arizani imzolab, quyidagilarni tasdiqlayman:

  • Menda manfaatlar toʻqnashuviga olib keladigan holatlar mavjud/mavjud emas (tegishli javobning tagini chizing).
  • Men ushbu arizada aks etgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligiga hamda men ushbu maʼlumotlarni tegishli huquq-tartibot organlari tomonidan tekshirilishiga rozilik bildiraman.
  • Tashkilotda manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish toʻgʻrisidagi Nizom talablariga binoan, men toʻldirgan har qanday arizani haqqoniyligiga taʼsir qiladigan yangi holatlar toʻgʻrisida Tashkilotga darhol xabar berish majburiyatini olaman.

 

_______________           ______________         ____________________

(F.I.Sh)                                (imzo)                                      (sana)

 

 

 

 

F.I.Sh (to‘liq)___________________________________________________

_________________________________________________________________

 yaqin qarindoshlari ustav kapitalida ulushga ega yoki boshqaruvida ishtirok etayotgan yuridik shaxslarga doir

MA’LUMOTLAR

Yuridik shaxs nomi, ro‘yxatdan o‘tgan raqami Egalik subyekti va qarindoshlik Egalik ulushi / boshqaruvdagi roli Yuridik shaxsning asosiy faoliyat turi
       
       
       
       

 

Tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida ishtirok etayotgan
F.I.Sh (to‘liq)_____________________________________________________ ____________________________________va unga aloqador shaxslarga doir

MA’LUMOTLAR

 

Tijorat tashkiloti nomi, ro‘yxatdan o‘tgan raqami Egalik ulushi
   
   
   
   

 

 

 

_______________           ______________         ____________________

(F.I.Sh)                                (imzo)                                      (sana)

 

* Aloqador shaxslar ro‘yxati xodim ustav kapitalida ishtirok etayotgan tashkilot haqidagi ochiq manbalardan olinadi.