Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 17 iyundagi 17-sonli ish rejasiga muvofiq vazirlikning o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va psixologik xizmat sho‘basi tomonidan Mo‘ynoq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida «O‘quvchilarning qiziqishiga qarab kasb yo‘nalishi» mavzusida Respublika ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Seminarda tuman (shahar) Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi psixolog metodistlari hamda kasbga o‘qitish bo‘yicha tanlab olingan 17 ta maktabning kasb ta’limi ustalari ishtirok etdi.
Prezidentimizning «Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga «kasbiy ta’lim ustasi» lavozimi joriy etildi.
Mazkur qarorga asosan Mo‘ynoq tumani 2-son maktabida tikuvchilik va ustalik xonalari tashkil etilib, o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, hayotiy ko‘nikmalarga o‘rgatish ishlari olib borilmoqda.