📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2024-yil 30-sentabr kuni  1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha pedagoglar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida yurtimizdagi barcha ota-onalar, ustoz va murabbiylarga murojaat qildi.

✔️ Joriy yilning 10 oktyabr kuni Nukus shahridagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ota-onalarga keng jamoatchilik vakillari ishtirokida maktab direktori tomonidan murojaat qilindi.

✅ Yo‘llangan murojaatda ota-onalar o‘z farzandlarini tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, urf-odatlarni hurmat qilishga o‘rgatish, ularning qalbida vatanparvarlik tuygʻusini kuchaytirish, ekologik madaniyat, salomatlik, farzandlar vaqtini behuda o‘tkazmaslikka ahamiyat berishlari qayd etildi.

✅ Bundan tashqari, tadbir davomida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyati” mavzusida oʻtkaziladigan tarbiya haftaliklari hamda “Namunali ota-onalar maktabi” loyihasida ota-onalarning faol ishtirok etishga chaqirildi.