Ijtimoiy tarmoqlar orqali To‘rtko‘l tumani 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining hojatxonasi bo‘yincha post tarqaldi.

Tarqalgan post bo‘yicha To‘rtko‘l tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Toʻrtkoʻl tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 1993-yilda loyiha asosida 1296 oʻrinli qilib qurilgan boʻlib, oxirgi marta 2024-yil «Tashabbusli byudjet» loyihasi asosida taʼmirlash ishlari olib borilganligi aniqlandi.

5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida 2 ta hojatxona mavjud boʻlib, hozirgi kunda har ikkalasidan ham  foydalanib kelinmoqda. 5-sonli maktab hududida aholini oshib borishi hamda koʻp qavatli uylar boʻlganligi sababli hojatxonani tozaligi hamda sanitariya gigiyena normativlariga javob berilishi uchun ish vaqti tugagandan keyin yaʼni 18:00da qulflanib va ertalab soat 07:30da ochiq turganligi, maktab o‘quvchilari va ishlovchi xodimlar uchun qulayliklar yaratilganligini ma’lum qilamiz.