Uzoq o‘tmishdan asrlar osha kelayotgan ma’naviy, ilmiy merosni yoshlarimizning ong-u shuuriga singdirish, qadimiy davrlarni ularning ko‘z o‘ngida aks ettirish, ajdodlarimizning bizga qoldirgan Ulug‘ merosini asrab-avaylash katta vazifamizdir.
Respublika Bolalar kutubxonasida «Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining 200 yilligi» munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda poytaxtimizdagi 36-maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Prezidentimiz tashabbusi bilan qoraqalpoq mumtoz shoiri Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining 200 yilligi YUNESKO doirasida xalqaro miqyosda nishonlanadigan sanalar qatoriga kiritilgani, shoirning qoraqalpoq adabiyotiga qo‘shgan hissasi, u yozib qoldirgan she’rlar tarix sahifalarida o‘chmas iz qoldirgani haqida so‘z yuritildi.
O‘quvchilar tomonidan butun turkiy xalqqa ma’lum Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘li va Qiz Menesh bilan qo‘shiqni ijro etish bilan davom ettirildi.