Qorao‘zak tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 33-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida «Kasbiy ta’limni rivojlantirish kunini tashkil etish va o‘tkazish» mavzusida Respublika seminari tashkil etildi.
Seminarda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 2 fevraldagi «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunarga o‘qitishning yangi tizimi joriy etiladi. Shuningdek, tajriba-sinov tariqasida respublikamizdagi jami 17 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha kasb ta’limi ustasi shtati ochiladi. Ushbu maktablardagi yangi joriy etilgan kasb ta’limi ustasi shtatiga ishga qabul qilingan ustalarni kasbiy rivojlantirib borish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdi.
Tadbir davomida kelgusida maktab bitiruvchilarining bandligini ta’minlash hamda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Qorao‘zak tekstil korxonasiga press-tur tashkil etildi.