O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 2 fevraldagi «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunarga o‘qitishning yangi tizimi joriy etildi.

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab tajriba-sinov tariqasida respublikamizdagi jami 17 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha kasb ta’limi ustasi shtati joriy etildi. Ushbu maktablardagi yangi joriy etilgan kasb ta’limi ustasi shtatiga ishga qabul qilingan ustalarni kasbiy rivojlantirib borish hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tajribasini ommalashtirish maqsadida vazirlik tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan 2024 yil 16 dekabr kuni Nukus tumani 1-sonli ayrim fanlarni chuqurlashtirib o‘qitiladigan umumiy o‘rta ta’lim maktabida «Kasbiy ta’limni rivojlantirish» mavzusida Respublika seminari tashkil etildi.

Seminar davomida maktab o‘quvchilari bilan birgalikda Nukus tumani «Oqmang‘it kamalak invest» Tex Group tekstil (MCHJ) korxonasiga sayohat tashkil etildi.

Ma’lumot uchun shuni ta’kidlash joizki, bu tekstilda tikuvchilik kasbini yaxshi egallagan maktab bitiruvchilarining bandligi ta’minlangan.