Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli xizmatlar qamrovi va xizmatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida «Yoshlar uchun «Bir million dasturchi» loyihasining mantiqiy davomi bo‘lgan onlayn platformada o‘quv kurslarini tashkil etish» belgilangan.
Bunda 2023-2024 yillar davomida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan onlayn o‘quv platformasida professional kurslarni yo‘lga qo‘yish hamda «Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining «Coursera» loyihasi doirasida onlayn platforma orqali o‘quv kurslarini tashkil etish» yo‘lga qo‘yilgan.
Reyting asosida sertifikat olgan har bir tuman va shahardan uchta maktabning informatika fani o‘qituvchilari va oliy o‘quv yurtlari pedagog o‘qituvchilarini mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish sektori»dan mutaxassis ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, jami 52 nafar informatika fani o‘qituvchilari pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qo‘mita raisi M.Atamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchisi M.Elmuratov va mutasaddilar ishtirok etdi.