O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 2 fevraldagi «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab tajriba-sinov tariqasida respublikamizdagi jami 17 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha kasb ta’limi ustasi shtati joriy etildi.
Yangi joriy etilgan kasb ta’limi ustasi shtatiga ishga qabul qilingan ustalarni kasbiy rivojlantirib borish hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tajribasini ommalashtirish maqsadida vazirlik tomonidan tasdiqlangan reja asosida 2025 yil 6 yanvar kuni Taxtako‘pir tumani 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida «Kasb ta’limini rivojlantirish» mavzusida Respublika seminari tashkil etildi.
Kasb ta’limi ustalari seminardan o‘zlashtirgan bilim va tajribalarini o‘z amaliyotida qo‘llab, o‘quvchilarga kasbiy sirlarini chuqur o‘rgatib, o‘z ish tajribalarini yanada boyitib boradi. Kasbiy ta’limni rivojlantirish kunlari har oyning 1-3-haftasida dushanba kuni o‘tkazilishi belgilangan.