Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri G.Kojabayeva, Beruniy tumanida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va tizimda yo’l qo’yilgan kamchiliklar yuzasidan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha ko‘chma yig‘ilishini o‘tkazdi.
Hurmatli Prezidentimiz tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga berayotgan e’tibori va yaratayotgan shart-sharoitlari sabab, tizimda katta o’zgarishlar yuz berayabdi. Eng chekka qishloqlarda zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurilib, yosh avlod uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Maktab ta’limni yangi bosqichga olib chiqish borasida davlat va investitsiya dasturlari, chet el grantlari asosida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Shunday bo’lishiga qaramasdan rahbarlar zamon talabiga moslashmayotgani yig’ilish davomida vazir tomonidan tanqid ostiga olindi. 2025-yil davomida bajarilishi lozim bo’lgan ishlarga to’xtalib, tegishli soha mutasaddilarining axborotlari tinglandi. Yig’ilish davomida bir qator masalalar ko’rib chiqildi. Faoliyati davomida kamchiliklarga yo’l qo’ygan rahbarlarga intizomiy choralar qo’llash bo’yicha ko’rsatmalar berildi.