Joriy yil 18 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida sohada faoliyat yuritayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari M.Shlimbetova, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Ta’lim muassasalarini litsenziyalashni tashkil etish bo‘limi mutaxassislari B.Abduraximov, J.Rashidov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sektori yetakchi inspektori B.Sultonmuratov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi mutaxassislari J.Berdimuratov, A.Amangeldiyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi bosh mutaxassisi A.Adilbayev va mas’ul xodimlari bilan birga sohada faoliyat yuritayotgan nodavlat ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

➡️ O‘tkazilgan tadbir davomida asosan;

➡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 14 noyabrdagi «Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-184-son hamda 2024 yil 27 dekabrdagi «Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-229-son Farmonlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish;

➡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 22 noyabrdagi «Ta’lim sohasida xususiy sektor ulushini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-403-son qarorida tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida;

➡️Shuningdek, nodavlat ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchi va tarbiyachi, o‘quvchi va pedagoglar haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maxsus platformasiga kiritish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

✅ Yig‘ilish yakunida ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.