Joriy yilning 27 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining majlislar zalida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari uchun yana bir qulaylik yaratish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft-gaz universitetining Toshkent filiali ijrochi direktori A.Magrupov va Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Jumabaev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Davletbaev, tuman (shahar) lik umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari qatnashdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘istonlik o‘quvchilar uchun yangi loyihalar bilan tanishtirib o‘tdi.
Xususan:

– 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida rus tili va matematika fanlaridan olimpiada o‘tkazish, g‘olib o‘quvchilarni ushbu oliy ta’lim muassasasiga grant asosida o‘qishga kirishiga yo‘llanma berish;

– Rus tili va matematika fani o‘qituvchilari o‘rtasida tanlov o‘tkazish va yaxshi natijalarga erishgan fan o‘qituvchilarini Moskva shahridagi Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft-gaz universiteti va unga qarashli maktablarga ta’lim tashrifiga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi.