✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablari, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga qarashli ixtisoslashtirilgan maktablar, Prezident maktabi, I.Yusupov nomidagi ijod maktab-internatining ilg‘or tajribaga ega fan o‘qituvchilari va pedagoglari orasida «V ijodkor o‘qituvchilar olimpiadasi»ga start berilmoqda.
➡️ Bunda olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi 2025-yilning 11-noyabr kuni tuman (shahar) larda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi 2025-yilning 18-noyabr kuni Nukus shahri 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bazasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
➡️ «V ijodkor o‘qituvchilar olimpiadasi»ga 5 kishidan iborat 1 jamoa bo‘lib qatnashadi. Jamoa tarkibiga o‘z ixtiyori bilan maktab direktori, direktor o‘rinbosari, psixolog, fan o‘qituvchilari kiritilishi mumkin.
➡️ Agarda onlayn ro‘yxatdan o‘tgan jamoalar soni oshib ketgan holatda olimpiadaning saralash bosqichini 2025-yilning 7-noyabr kuni o‘tkazishga ruxsat etiladi. Bunda tanlov bosqichini o‘tkazish tartibini tuman (shahar) tashkiliy qo‘mitasi belgilaydi.
➡️ Jamoalar uchun www.kkbilimlendiriw.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2025-yilning 1-noyabr kuni soat 09:00 da boshlanadi va 4-noyabr kuni soat 22:00 da to‘xtatiladi;
️Ma’lumot uchun:
✅ Jamoa tarkibida bir fandan 2 o‘qituvchi qatnashishiga ruxsat etilmaydi;
✅ Olimpiadada qatnashish majburiy emas.
📌 Olimpiadaning tuman (shahar) bosqichini o‘tkazish shartlari
➡️ 1-tur: har bir ishtirokchiga qoraqalpoq yoki o‘zbek tilida tayyorlangan 30 test savollari (15 savoli mutaxassisligi bo‘yicha, 10 savoli pedagogika-psixologiya va 5 savoli ta’lim sohasida yangidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar) beriladi va har bir test 1 balldan maksimal 30 ball bilan baholanadi;
✅ Test savollari elektron dastur asosida kompyuterlarda olinadi;
✅ Har bir savolga 2 daqiqadan jami 60 daqiqa vaqt ajratiladi;
✅ Bunda har bir jamoa a’zosining bali qo‘shiladi va 5 ga bo‘linadi, kelib chiqqan o‘rtacha ball jamoaning umumiy bali hisoblanadi.
✅ Birinchi tur yakuni bo‘yicha o‘rtacha ball hisobidan eng past ball to‘plagan 30% (foiz) jamoa 2-turga o‘tkazilmaydi.
➡️ 2-tur: ishtirokchilar o‘z xohishi bilan qoraqalpoq yoki o‘zbek tilida tayyorlangan 60 so‘zdan iborat diktant yozadi.
✅ Diktantga har bir jamoa a’zosi qatnashadi, diktant ishini baholash mezonlari asosida maksimal 20 ball bilan baholanadi, 30 daqiqa vaqt ajratiladi.
✅ Bunda har bir jamoa a’zosining bali qo‘shiladi va 5 ga bo‘linadi, kelib chiqqan o‘rtacha ball jamoaning umumiy bali hisoblanadi.
➡️ Olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida g‘oliblarni aniqlashda 1-tur natijasi hisobga olinmaydi.
️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun 97 347-83-83 telefoni (Usenova Zaxida) orqali qo‘ng‘iroq qilsangiz bo‘ladi.
















