O‘QUVCHIMIZ STARTAP G‘OYASI BILAN 50 MILLION SO‘M MUKOFOTNI QO‘LGA KIRITDI!

“START RTM” tashkiloti tomonidan tashkil etilgan startap g‘oyalar tanlovining respublika bosqichida Xo‘jayli tumani 28-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Xudaybergenov Asxat o‘zining “EcoMind” loyihasi bilan muvaffaqiyatli ishtirok etib, 50 million so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘ldi!

“EcoMind” — ekologik muammolarga innovatsion yechimlar topish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda barqaror rivojlanishga hissa qo‘shishga qaratilgan startap loyihasidir.

 Yosh ixtirochimiz Xudaybergenov Asxatni ushbu yuksak natija bilan tabriklaymiz. Kelgusidagi faoliyatida yangi innovatsion g‘oyalar, ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilaymiz!