“KITOBXON-KUTUBXONACHI” TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI BOSHLANDI
Nukus shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kitobxon-kutubxonachi” tanlovining Respublika bosqichiga start berildi.
Tanlovning ochilish marosimida vazirning birinchi o‘rinbosari A. Dauletbaev, mas’ul xodimlar hamda tanlovning tuman (shahar) bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar qatnashdi.
Respublika bosqichi 4 ta shart asosida tashkil etiladi:
1️⃣-shart. Ishtirokchilar o‘zlari faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot qiladi.
2️⃣-shart. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalari baholanadi.
– Bunda ishtirokchilar raqamli kutubxona hamda kutubxona.uzedu.uz elektron platformasidan foydalanish bo‘yicha topshiriqlarni bajaradi.
3️⃣-shart. Elektron random platformasi orqali tasodifiy tanlangan raqam asosida ekranda shoir surati namoyish etiladi.
– Ishtirokchilar ushbu shoirning kimligi, hayoti, ijodi va asarlari haqida ma’lumot beradi.
4️⃣-shart. “Sog‘lom tanda — sog‘ aql” tamoyili asosida ishtirokchilarning sport mahorati va jismoniy faolligi sinovdan o‘tkaziladi.
Tanlov davom etmoqda. Barcha ishtirokchilarga omad, yuqori natijalar va muvaffaqiyat tilaymiz!

















