QO‘NG‘IROTDA TA’LIM SOHASIDAGI MUHIM VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

Bugun Qo‘ng‘irot tumani «Kelajak markazi» majlislar zalida ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar va kelajakdagi asosiy vazifalarga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Amanjol Ayapov, tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, shuningdek, nodavlat oilaviy va davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

➖ Uchrashuvda vazir ta’limning sifati va samaradorligini oshirish, muassasalarda tartib-intizomni mustahkamlash hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish masalalariga alohida to‘xtaldi.

➖ Shuningdek, maktab va bog‘chalarda bolalarning sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichlarini yaxshilash, mavjud sharoitlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.

➖ Bundan tashqari, «Yashil makon» umummilliy loyihasida faol ishtirok etish, ta’lim muassasalari hududlarini ko‘kalamzorlashtirish va korrupsiyaning oldini olish, tizimda shaffoflikni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida ta’lim tashkilotlari rahbarlariga belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarga o‘z vaqtida yechim topish, har bir yo‘nalishda mas’uliyat bilan ish olib borish bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.