IJRO TARTIBI VA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Bugun vazir Amanjol Ayapov ishtirokida vazirlikning barcha bo‘lim boshliqlari bilan ijro tartibi va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.

Muhokama jarayonida ijrochida turgan hujjatlar va xatlarning belgilangan muddatlarda ijro etilishi, kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularga asoslantirilgan javoblar berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Vazir tomonidan mutasaddilarga topshiriqlar ijrosini qat’iy nazoratga olish, muddatlarga rioya qilish, hujjatlar va murojaatlar ijrosini asossiz kechiktirmaslik, har bir vazifaga mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha tegishli tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.

Muhokama yakunida ijro intizomiga rioya etmagan, xizmat vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan ayrim xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.