ARBICHO 2026: Kutib olish tadbiri Nukusda boshlandi!

🔴 Nukusda shu yilning 3-10 noyabr kunlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi III Xalqaro kimyo olimpiadasi o‘tkazilmoqda.

✔️ Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda Mo‘g‘uliston va Qozog‘iston terma jamoa a’zolari Nukus xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

✔️ Marosimda tegishli mutasaddilar, jamoa ko‘ngillilari ishtirok etdi.

☄️ Olimpiada davomida barcha ishtirokchilarga omad yor bo‘lsin.

🌐 Olimpiada ishtirokchilarini kutib olish jarayoni davom etadi!