XALQARO OLIMPIADA DOIRASIDA QORAQALPOG‘ISTONLIK O‘QITUVCHILAR UCHUN MASTER-KLASS O‘TKAZILDI

Abu Rayhon Beruniy nomidagi III xalqaro kimyo olimpiadasi doirasida xalqaro tajriba almashish uchun Nukus shahri 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida master-klass tashkil etildi.

 Tadbirda Fan olimpiadalari markazi direktori To‘raboy Shermatov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Aybek Dauletbaev, shuningdek, ARBICHO 2026 Ilmiy qo‘mitasi a’zolari Ben Pilgrim, Behzodbek Boltayev va Mirumid Mirakbarov, olimpiadaning xalqaro ilmiy qo‘mitasi a’zolari hamda 100 dan ortiq kimyo fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlashning samarali usullari, dolzarb mavzular va e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, avvalgi xalqaro olimpiada g‘oliblari o‘z yutuqlari, ularga erishish yo‘lidagi mashaqqatli jarayonlar va tajribalari bilan fikr almashdi.