Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida Abu Rayhon nomidagi Xalqaro Beruniy olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbaev, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari Xasan Shakirov, Fan olimpiadalari markazi direktori To‘rabay Shermatov, ARBICHO 2026 Ilmiy qo‘mitasi hamraisi Aleksandr Gladilin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Amanjol Ayapov ishtirok etdi.
O‘zbekistonda uchinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu olimpiada kimyo fanidan tashkil etilmoqda.
Olimpiadada 🇦🇿 Ozarbayjon, 🇨🇷 Kosta-Rika, 🇬🇪 Gruziya, 🇮🇱 Isroil, 🇯🇴 Iordaniya, 🇰🇿 Qozog‘iston, 🇰🇬 Qirg‘iziston, 🇲🇾 Malayziya, 🇲🇳 Mo‘g‘uliston, 🇶🇦 Qatar, 🇷🇺 Rossiya, 🇸🇦 Saudiya Arabistoni, 🇹🇯 Tojikiston, 🇹🇭 Tailand, 🇹🇷 Turkiya, 🇹🇲 Turkmaniston davlatlaridan kelgan hamda 🇺🇿 O‘zbekiston vakillaridan iborat eng iqtidorli o‘quvchi-yoshlar ishtirok etadi.
Olimpiada bahslari 5-6-noyabr kunlari 2 turda o‘tkaziladi. Olimpiada topshiriqlari xalqaro olimpiada standartlari asosida baholanadi.
Shuningdek, ushbu nufuzli ilmiy musobaqaga xorijiy davlatlardan yuqori malakali xalqaro ekspertlar, yetuk olimlar va professorlar jalb etilgan.
Olimpiada yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan oltin, kumush, bronza medallari bilan taqdirlanadi.

















