ARBICHO 2026: Ishtirokchilar uchun laboratoriya instruksiyalari (Lab Instructions) sessiyasi o‘tkazildi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi doirasida ishtirokchilar uchun Laboratoriya yo‘riqnomalari (Lab Instructions) sessiyasi tashkil etildi.

Sessiya davomida amaliy imtihon tartibi, laboratoriya jihozlaridan foydalanish qoidalari, xavfsizlik talablari hamda baholash jarayoniga oid muhim ko‘rsatmalar batafsil tushuntirildi.

Ushbu bosqich ishtirokchilarning amaliy imtihonga puxta tayyorgarlik ko‘rishi va jarayonning xalqaro standartlar asosida, ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga olimpiada sinovlariga start beriladi.