Maktabda xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

Nukus shahridagi 46-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash, ular orasida huquqbuzarlik va turli salbiy holatlarning oldini olish maqsadida «Xavfsiz va sog‘lom el» tezkor-profilaktik uchrashuvi tashkil etildi.

➖ Uchrashuvda o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etib, farzandlar tarbiyasida oila va ta’lim muassasasi hamkorligining ahamiyati, voyaga yetmaganlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning xulq-atvori va xavfsizligiga doimiy e’tibor qaratish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
➖ Shuningdek, o‘quvchilarga qonunga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, huquqiy nigilizmning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi.
➖ Maktablarda turli bahonalar bilan pul mablag‘lari yig‘ilishining oldini olish bo‘yicha ham keng tushuntirish ishlari olib borildi.

Asosiy maqsad – o‘quvchilar uchun xavfsiz va sog‘lom muhitni shakllantirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirish hamda maktab, oila va mahalla hamkorligini yanada mustahkamlashdan iborat.

Bunday profilaktik va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari izchil davom ettiriladi.