Nukus shahridagi 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Toshkent shahridan tashrif buyurgan tajribali IT-mentorlar ishtirokida “Raqamli avlod” sayyor IT-tadbiri doirasida “Raqamli avlod qizlari” tanloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda xotin-qizlarning axborot texnologiyalari sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan seminar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Tadbirning ochilish marosimida vazirining birinchi o‘rinbosari A.Dauletbaev va «Digital Generation Uzbekistan» Nodavlat notijorat tashkiloti tashkiloti direktori A.Djalalovlar ishtirok etib, seminar ishiga start berdi.

Seminar davomida:
➖mentorlar tomonidan axborot texnologiyalarining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat darslari;
➖amaliy mashg‘ulotlar va taqdimotlar;
➖IT sohasidagi zamonaviy tendensiyalar;
➖raqamli savodxonlik;
➖amaliy loyihalar ustida ishlash;
➖ijodiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish yuzasidan tushunchalar berildi. Shuningdek, tanlovda qatnashish istagidagi qizlarga o‘z g‘oyalarini shakllantirish, loyihalarini taqdim etish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Seminar ishtirokchilarning o‘zaro fikr almashishi, mentorlar bilan bevosita muloqot qilishi va qiziqtirgan savollariga javob olishi uchun ham samarali maydon bo‘ldi. Amaliy mashg‘ulotlar yoshlarning IT sohasiga oid bilimlarini mustahkamlash, mustaqil izlanish va yangi raqamli yechimlar yaratishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantirishga qaratildi.