“KITOBXON-KUTUBXONACHI” TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI BOSHLANDI

Nukus shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kitobxon-kutubxonachi” tanlovining Respublika bosqichiga start berildi.

 Tanlovning ochilish marosimida vazirning birinchi o‘rinbosari A. Dauletbaev, mas’ul xodimlar hamda tanlovning tuman (shahar) bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar qatnashdi.

Respublika bosqichi 4 ta shart asosida tashkil etiladi:

1️⃣-shart. Ishtirokchilar o‘zlari faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot qiladi.
2️⃣
-shart. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalari baholanadi.

– Bunda ishtirokchilar raqamli kutubxona hamda kutubxona.uzedu.uz elektron platformasidan foydalanish bo‘yicha topshiriqlarni bajaradi.
3️⃣
-shart. Elektron random platformasi orqali tasodifiy tanlangan raqam asosida ekranda shoir surati namoyish etiladi.
– Ishtirokchilar ushbu shoirning kimligi, hayoti, ijodi va asarlari haqida ma’lumot beradi.
4️⃣
-shart. “Sog‘lom tanda — sog‘ aql” tamoyili asosida ishtirokchilarning sport mahorati va jismoniy faolligi sinovdan o‘tkaziladi.

Tanlov davom etmoqda. Barcha ishtirokchilarga omad, yuqori natijalar va muvaffaqiyat tilaymiz!